«yexht biihb» tegli maqolalar


Raqobat yo‘q, lekin yaxshi tashkil etilgan. YXHT DIIHB missiyasi — prezidentlik saylovi to‘g‘risida
11 iyul 2023, 08:19

Raqobat yo‘q, lekin yaxshi tashkil etilgan. YXHT DIIHB missiyasi — prezidentlik saylovi to‘g‘risida

O‘zbekistonda prezidentlik saylovi “yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan” bo‘lsa-da, “haqiqiy raqobat"dan xoli bo‘ldi, deydi YXHT DIIHB missiyasi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, saylov kuni “sokin o‘tdi”, lekin qonunbuzarliklarsiz emas. OAVda tanqidiy yoritilmagani saylovchilarning “ongli tanlov"iga to‘sqinlik qildi.

“Yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan, lekin plyuralizm bo‘lmadi”. YeXHT DIIHB — referendum jarayoni haqida
2 may 2023, 23:06

“Yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan, lekin plyuralizm bo‘lmadi”. YeXHT DIIHB — referendum jarayoni haqida

O‘zbekistonda referendumga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan, biroq kampaniyada plyuralizm bo‘lmadi, deya ma’lum qildi YeXHT DIIHB monitoring missiyasi. Missiyaning dastlabki hisobotida aytilishicha, OAV saylovchilarga “xolis, muvozanatli va tanqidiy ma’lumot” yetkazib bera olmagan.

“Biz uchun faktlar gapiradi”. DIIHB O‘zbekistonda referendumni kuzatish missiyasini ishga tushirdi
29 mart 2023, 17:56

“Biz uchun faktlar gapiradi”. DIIHB O‘zbekistonda referendumni kuzatish missiyasini ishga tushirdi

YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy referendumni kuzatish uchun missiya ochdi. “Bizning rolimiz aralashish emas, balki jarayonni kuzatish va hisobot berish. Missiya uchun faktlar gapiradi”, — dedi harakat rahbari Albert Yonsson.

YeXHT mamlakatlari elchilari — Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash haqida
14 noyabr 2022, 17:38

YeXHT mamlakatlari elchilari — Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash haqida

Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQShning YeXHTdagi elchilari O‘zbekiston va mintaqa davlatlariga tashrif buyurdi. Ular o‘z maqolalarida xavfsizlik masalalarini birgalikda ko‘rib chiqish va uning barcha — iqtisodiy, ekologik, insoniy va harbiy jihatlarini hisobga olish kerakligini yozadi.

YeXHT referendumni kuzatish uchun cheklangan missiyani yuboradi
11 avgust 2022, 13:39

YeXHT referendumni kuzatish uchun cheklangan missiyani yuboradi

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumni kuzatish uchun O‘zbekistonga cheklangan missiya yuborishni tavsiya qildi. Referendum kuni fuqarolardan barcha o‘zgartishlarni «yoqlab» yoki «qarshi» ovoz berish so‘raladi.

YeXHT missiyasi O‘zbekiston referendumini kuzatishning maqsadga muvofiqligini baholaydi
18 iyul 2022, 12:46

YeXHT missiyasi O‘zbekiston referendumini kuzatishning maqsadga muvofiqligini baholaydi

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi ekspertlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Ular Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik bilan tanishib, ovoz berish jarayonini kuzatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting